Виды инсульта

Ишемический инсульт
Возникает при закупорке сосудов головного мозга тромбом или спазмом. Встречается наиболее часто.

Геморрагический инсульт
Связан с разрывом сосуда и кровоизлиянием в мозг. Протекает тяжелее и требует неотложной помощи.

Ранние признаки инсульта

Немедленно обратитесь за медицинской помощью, если появились:

  • асимметрия лица

  • слабость или онемение руки или ноги

  • нарушение речи

  • ухудшение зрения

  • резкая головная боль и головокружение

Даже кратковременное исчезновение симптомов не исключает опасности.

Основные факторы риска

  • Артериальная гипертензия

  • Сахарный диабет

  • Сердечно-сосудистые заболевания

  • Курение и малоподвижный образ жизни

  • Хронический стресс

Профилактика инсульта

Для снижения риска инсульта рекомендуется: 

  • регулярно контролировать артериальное давление

  • соблюдать принципы здорового питания

  • поддерживать физическую активность

  • проходить профилактические осмотры у врача

_________________________________________________________________

Insult: erta belgilari va oldini olish yo‘llari

Insult — miya qon aylanishining to‘satdan buzilishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir holat bo‘lib, hayot uchun xavfli hisoblanadi. Insult o‘z vaqtida aniqlanmasa, doimiy nogironlik yoki o‘limga olib kelishi mumkin.

Insult turlari

Ishemik insult
Miya tomirining tromb yoki spazm sababli berkilishi natijasida yuzaga keladi. Eng ko‘p uchraydigan insult turi hisoblanadi.

Gemorragik insult
Miya tomirining yorilishi va qon quyilishi bilan kechadi. Odatda og‘ir kechadi va tez tibbiy yordamni talab qiladi.

Insultning erta belgilari

Quyidagi belgilar to‘satdan paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur:

  • Yuzning bir tomonida osilish yoki qiyshayish

  • Qo‘l yoki oyoqning kuchsizlanishi, uvishishi

  • Nutqning buzilishi, gapirishda qiyinchilik

  • Ko‘rishning yomonlashuvi

  • Kuchli bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi

Bu belgilar hatto qisqa vaqt ichida o‘tib ketsa ham, e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak.

Insultning asosiy xavf omillari

  • Yuqori qon bosimi

  • Qandli diabet

  • Yurak-qon tomir kasalliklari

  • Chekish va kamharakat turmush tarzi

  • Doimiy stress

Insultning oldini olish yo‘llari

Insult xavfini kamaytirish uchun:

 

  • Qon bosimini muntazam nazorat qilish

  • Sog‘lom ovqatlanish

  • Jismoniy faollikni oshirish

  • Shifokor tavsiyalariga amal qilish